Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi Qonuniga koʻra, quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknotalar muomalaga yaroqli toʻlov vositasi hisoblanadi.
— banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan boʻlsa (siyqalanish banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan holatlar bundan mustasno);
— banknota enining (boʻyiфning) toʻrtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega boʻlsa;
— yopishtirib qoʻyilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm2 dan oshmagan) boʻlsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli boʻlsa;
— mayda dogʻlar, yozuvlar, shtamp izi boʻlganda (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan ortiq boʻlsa, banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno) hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan boʻlsa;
— banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ortiq teshiklar boʻlsa, bunda teshiklar banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan boʻlishi kerak.
Shikastlangan banknotalarni ayirboshlashda bank xodimi tomonidan ikki nusxada maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalarini milliy valyutaga ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda konversiya operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunday turdagi operatsiyalar amalga oshirilganda bank tomonidan vositachilik haqlari undirilishi mumkin.
Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknotalar muomalaga yaroqsiz toʻlov vositasi hisoblanadi:
— boʻlaklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan boʻlsa;
— dastlabki rangi oʻzgargan yoki rangi oʻchgan boʻlsa;
1 yongan yoki kuygan holatda boʻlsa;
— qonuniy toʻlov vositasi yekanligini koʻrsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, boʻyoq yoki siyoh toʻkilgan boʻlsa;
— banknotada kimyoviy reaktivlar taʼsiri boʻlsa;
— muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) oʻzgartirilganda, nominali oʻzgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar boʻlsa;
— banknotlar aniq bosma xatoga yega boʻlgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yoʻqligi yoki notoʻgʻri joylashganligi), tasvirlari toʻliq bosilmagan yoki surkalib ketgan boʻlsa;
— banknota geometrik oʻlchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa oʻzgargan boʻlsa;
— banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan boʻlsa;
— oʻzining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yoʻqotib, yumshoq holga kelgan banknotlar.