Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

Respublikamizning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:

Andijon — 05:00

Namanga — 05:00

Fargʻona — 05:00

Toshkent shahri — 05:10

Toshkent viloyati — 05:15

Sirdaryo — 05:15

Jizzax — 05:15

Samarqand — 05:20

Surxondaryo — 05:20

Qashqadaryo — 05:25

Navoiy — 05:25

Buxoro — 05:30

Xorazm — 05:45

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 05:50

Ushbu jadvalda koʻrsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi, deyiladi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabarida.