Avval xabar berganimizdek, musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazyapti.
Turnirda uchinchi raqam ostida saralangan Sultonov kecha 1/8 final bahsida shveysariyalik Nikolas Parissiaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 17 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sultonov raqibini 6/1, 6/2 hisobida magʻlub etib, turnirning chorak finaliga yoʻl oldi.
Ealatib oʻtamiz, tennischimiz bundan avval ispaniyalik Bello Kabrerani 73 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvida 6/2, 6/0 hisobida dogʻda qoldirgan edi.