Humoyun Sultonov yakkalikda yarim final, juftlikda final yoʻllanmasi uchun kortga chiqadi

    Qatar poytaxti Doha shahrida tennis boʻyicha ITF M15 turkumidagi musobaqa oʻtkazilmoqda.

    Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Humoyun Sultonov bugun chorak final doirasida rossiyalik Marat Sharipovga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 dan soʻng boshlanishi kutilmoqda.

    Taqqoslash uchun Humoyun ayni paytda jahon reytingida 490, Marat esa 786-oʻrinni egallab turibdi.

    Juftlik bahslarida esa Humoyun hindistonlik Parikshit Somani bilan birga rossiyalik Bobrov/Sharipov tandemi bilan oʻynaydi.