— Prezidentimizning tashabbuslari asosida, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga oʻzgartish kiritish boʻyicha Oliy Majlisga qonun loyihasini kiritdik.
Bunda hunarmandlarning shogird olish huquqiga boʻlgan cheklovlarni olib tashlash nazarda tutilgan.
Shu paytgacha qonunda hunarmandlarga faqat 5 nafargacha shogird jalb qilish belgilab qoʻyilgan edi. Shu cheklovni bekor qilish haqidagi taklif Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ikkinchi oʻqishida maʼqullandi.
Endi ushbu qonun loyihasining Senatda tasdqilanishini kutyapmiz.