Yaponiyada ilmiy va tibbiy tajribalar butunlay robotlar tomonidan amalga oshiriladigan noyob laboratoriya ish boshladi. Ushbu muassasa Tokio Fanlar instituti bazasida joylashgan va dunyodagi birinchi shunday markaz hisoblanadi.

Laboratoriya "xodimlari" tarkibiga 10 ta robot kiradi. Ular orasida odamsimon labdroid Maholo ham bor. U ikkita qo‘l bilan jihozlangan va reagentlarni aniq dozalash va haroratni nazorat qilishni talab qiladigan qurilmalar bilan ishlash kabi murakkab laboratoriya operatsiyalarini bajarishi mumkin.

Robotlar shuningdek, hujayralarni o‘stirish ishlarini ham bajaradi. Bu qo‘lda aralashuv zaruratini sezilarli darajada kamaytiradi. Kelajakda loyihani kengaytirish rejalashtirilgan 2040 yilga borib robotlar soni 2 mingtaga yetishi mumkin, deb xabar berdi kazinform.

Loyiha ishlab chiquvchilarining fikriga ko‘ra, robotlashtirilgan tizimlarning joriy etilishi inson omilining tadqiqot natijalariga ta’sirini kamaytiradi va laboratoriyalarda mutaxassislar yetishmasligi muammosini hal qiladi.