“Oʻzbekkino” MA buyurtmasiga binoan suratga olingan filmlar “MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining eng yaxshi filmi” nominatsiyasi uchun mazkur nufuzli mukofotga daʼvogarlik qilmoqda.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Pandemiya munosabati bilan 2019-yil filmlari uchun “Nika” kinomukofoti bilan taqdirlash marosimi 2021-yil bahoriga qoldirildi. Hozirda 2020-yil filmlari uchun “Nika” mukofotiga tanlov eʼlon qilingan. 2019 va 2020-yil filmlari uchun taqdirlash marosimi bir vaqtning oʻzida — 2021-yilning aprel oyida oʻtkazilishi maʼlum qilindi.
“Nika” mukofoti 1987-yilda taʼsis etilgan boʻlib, ilk mukofotni topshirish marosimi 1988-yil dekabrda oʻtkazilgan.