Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Samarqand termitlar tomonidan kuchli zararlangan hududlar hisoblanadi.

Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan, YUNESKO muhofazasidagi “Ichan-Qalʼa” tarixiy yodgorlik majmuyidagi 33 ta tarixiy obidaning yogʻoch oʻymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda. Jumladan, Juma masjid muzeyi, Paxlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq va boshqalar termitlardan kuchli zararlangan.

Shuningdek, Surxondaryodagi Al Hakim At-Termiziy, Qashqadaryodagi Hazrati Imom masjidi, Navoiydagi Imom Hasan-Husan ziyoratgohi va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Mizdaxkan kompleksi tarixiy obidalarida termitlarning zararli faoliyati qayd etilgan.