Ushbu tarixiy art-rezidensiyalar Toshkentning madaniy merosini asrab-avaylash va ijodiy muhitini rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadamdir, — deydi Saida Mirziyoyeva
Loyiha Oʻzbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Art-rezidensiya tajriba almashish, madaniyatlararo muloqot va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish platformasiga aylanadi.