Maqola britaniyalik jurnalistning mamlakatimizga qilgan safari tafsilotlari asosida tayyorlangan. Unda muallif o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashadi, diqqatga sazovor joylar – tarixiy obidalar va tabiiy landshaftlar, shuningdek, yurtimizning zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini qalamga olgan.
«O'zbekiston britaniyaliklar orasida juda mashhur emas – har yili ushbu mamlakatga Buyuk Britaniyadan 10000 ga yaqin odam tashrif buyuradi xolos. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, Markaziy Osiyo davlatlarini mustaqil ravishda aylanib chiqish g'oyasi menga biroz qo'rqinchli tuyuldi, - deb yozadi u. - Biroq, men guruh safariga qo'shilishni xohlamadim va murosa yo'lini tanladim. Mahalliy gid bilan shaxsiy sayohat, u erda men ishonchli qo'llarda bo'lganimda imkon qadar ko'proq narsani o'rganishimga yordam berdi. eng muhimi, hech narsani oldindan rejalashtirishning hojati yo'q, tezyurar poezdlar va arzon ichki reyslar bir sayohatda barcha qiziqarli narsalarni ko'rish imkonini berdi».
«O'zbekiston poytaxti Toshkent karvonsaroylari bilan mashhur manzil bo'lgan. Chorsu bozori tarixda shunday maskanlardan biri edi, – deb yozadi britaniyalik sayohatchi–jurnalist. - Bugungi kunda otlar, aravalar va Marko Polo kabi sayyohlar yo'q. Ularning o'rnida to'kin-sochin zamonaviy bozor qad rostlab turibdi. Bozorning butun bir qavatini o'zbek shirinliklari an'analarini namoyish qiluvchi bo'lim egallagan. Bu erda holvadan tayyorlangan turli ko'rinishdagi shirinliklarni sotib olishingiz mumkin. Sotuvchilarning aytishicha, onalar yangi tug'ilgan chaqaloqning tili ostiga holva qo'yishar ekan. Ushbu odat agar bolalar kelajakda tadbirkor bo'lsa, xaridorlar bilan muloqotga kirishishga yordam berar ekan».
Britaniyalik jurnalist o'z maqolasida, shuningdek, qadimiy Xivani muhtasham shahar va ochiq osmon ostidagi muzey sifatida tasvirlaydi.
«Uning qadimiyligi Ipak yo'li savdogarlari o'tgan yog'och darvozalarda o'yib bitilgan. Men kelgan kuni shaharda qum bo'roni ko'tarildi va u shunchaki huvullab qoldi. Kimsasiz qolgan ko'chalar bo'ylab sayr qilish, kino suratga olayotgan turuppa maydonchani tashlab ketganidan keyin kino sahnasiga chiqish kabi tuyuladi. Shaharda murakkab mozaikali koshinlari bilan bezatilgan minoralar ustunlik qiladi. Har bir burchakda madrasa va diniy ulamolarning qabrlari qo'yilgan maqbaralarni ko'rish mumkin. Men Evropada biz ko'rishga oshiqadigan diqqatga sazovor joylar haqida eslay olmayman. Xivaning islom me'morchiligi bilan solishtirganda, eyfel` minorasi Lego to'plamiga, Trevi favvoralari esa to'lib-toshgan basseynga o'xshaydi», - deydi u.
«The Times» gazetasi muxbiri Xivadan Buxoroga ketayotganda cho'l bag'ridagi qadimiy qal'alarni ko'rganini bayon etgan.
«Biz Ayoz-Qal'ada to'xtadik. U erda IV asrda qurilgan uchta qal'a bor va bir vaqtlar podshohlar yashagan saroylar xarobalarini ko'rdik. Bu erda hech qanday jonzot yo'q, vayronalarni tepadan kuzatib turgan qushlar «qo'rlardi», - deb yozadi muallif.
Jurnalist, shuningdek, Buxoroga qilgan sayohati, shahardagi qadimiy timlar va Poi Kalon me'moriy ansambli haqidagi hayajonlarini ham qog'ozga tushirgan.