Keyingi yillarda biznes sohasida zalvorli kitobga jo boʻlgulik oʻzgarishlar yuz berdi. Bozor munosabatlariga oʻtishning asosiy sharti koʻp tarmoqli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirishning huquqiy, tashkiliy shart-sharoitlari vujudga kelishidan iboratligi uchun xususiylashtirishga va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirib, ildizini baquvvat qilishda bozor muhitini yuzaga keltirishning asosiy omili kichik biznesni rivojlantirishdir. Oilaviy biznes esa mana shu bosh omilning yoʻnalishlaridan biri.

Oilaviy biznes nafaqat oila, balki ja-miyat va davlat uchun ham birdek manfaatli. Boisi, har bir oila oʻzi yuqori darajada foyda olish bilan birga jamiyat uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqaradi va xizmat turlarini koʻpaytiradi. Mamlakat uchun yangi bozorlar vujudga keltiradi, aholini ish bilan band qilishga hissa qoʻshadi, boshqa tashkilot va oilalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar isteʼmolchisi ham-da foydalanuvchisi sifatida yuzaga chiqadi. Muayyan turdagi soliqlarni toʻlab, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiradi. Ushbu vazifalarni bajarish davomida yetti-sakkiz yilda mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tarmoq koʻlami hamda hajmi salmoqli darajada oʻsdi. Oilaviy biznes bilan shugʻullanayotgan oilalar soni va shunga mos ravishda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ortib bormoqda.

Bir necha asrdan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib, kasbni, hunarni sulolaviy zanjirga bogʻlagan, oʻziga xos tarix yaratayotgan oilalar oilaviy biznes boshlash niyatidagilar uchun china-kam hayotiy namuna boʻlib xizmat qiladi. Shu bilan birga, ular iqtisodiyotimizga, bundan tashqari, turizm rivojiga baholi qudrat hissa qoʻshadi. Bu maʼnaviy meros mahalliy jamoalar va anʼanaviy bilim egalarining ehtiyojlari uchun saqlab qo-lingan, moslashtirilgan hamda hayotning turli sohalarini rivojlantirishda muay yan qiymatga ega.

Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida kabobpazlarning butun bir sulolasi faoliyat yuritadi. Ularning ajdodi amirlar davridan beri shu hunar bilan shugʻullanib keladi.

2023-yil 29-mayda Gʻijduvon kabobiga geografik koʻrsatkich maqomi berilgan. Tadbirkorlik sohasini tabiiy ravishda targʻib qilayotgani uchun ham bu ajoyib sulola va-killari bilan suhbatlashishni niyat qildik.

Ishbilarmonlikning “gʻijduvoncha” topilmasi

Gʻijduvondagi dongʻi ketgan kabobpaz oilaning toʻrtinchi avlodi Xayrullo bobo bilan oʻtgan naqd ikki soatlik dilkash gu-rungdan soʻng oʻzim uchun quyidagi xulosani kashf etdim: oilaviy ijtimoiylashuv ja-rayonida farzandlar ota-onasidan nafaqat genetik qobiliyat, balki sotsial muhitda muttasil rivojlanish uchun zarur boʻladi-gan qator ijtimoiy-psixologik xususiyat-larni, munosabat oʻrnatish namunalarini, oʻziga xos ishbilarmonlik uslubini ham oʻzlashtirar ekan.

Soddaroq tushuntirsak, salkam ikki asr-lik tarixga ega kabobning taʼmidan bahra-mand boʻlishni istagan har bir odamni kulib kutib oladigan, xoʻranda xoh yaqin qoʻshni boʻl-sin, xoh chet ellik mehmon, bir xil muomala qiladigan Xayrullo boboning undan oldingi va keyingi avlodlarining munosabat oʻrnatish usullari ham xuddi shunday: dastlab meh-monlarga peshvoz chiqadi, soʻng ularning koʻz oldida kabob pishiradi, sixdan ajratib das-turxonga tortadi va xoʻranda bilan birga oʻzi ham tanovul qilib, kabobning sirli mazasi ustida yengil bahslashadi. Oʻtgan-ketgan gap-lardan chaqchaqlashib, bir muddat mehmonni dunyo tashvishlaridan “ozod” etadi. Oilaning ushbu ichki tadbirkorlik madaniyati, “gʻijdu-voncha” topilmasi meros boʻlib oʻtishini ilk bor koʻrganim uchun hayratimni yashirolmadim.

— Hamma shunday: siz kabi hayratlana-di, lekin buning ajablanadigan joyi yoʻq. Kelganlar bu tarzda kutib olish sizning “tashrif qogʻozingiz”, deydi. Qaydam, boʻlsa bordir, ammo bundan hech bir manfaat koʻz-lanmaydi. Atay kimningdir koʻnglini ovlab, choʻntakni qappaytirishni niyat qilmaymiz. Shunchaki bu qonimizda bor, har xil odam bilan turli mavzuda gaplashishni istaymiz. Ularni rozi qilish, eshikdan chiqib ketayot-ganda, taom haqini berayotganda ich-ichidan minnatdor boʻlishi uchun mehr koʻrsatish lozimligini bobom ham uqtirgan, men ham farzandlarimga shuni oʻrgatganman. Otam meni yoki men oʻgʻillarimni bu hunarni qi-lishga majburlamaganmiz. Bolaligimiz-dan shu muhitda yurib, mehrimiz tushgan. Oʻzim ham maktabdan keliboq kabob pishi-rishga tushib ketardim. U vaqtlar tonnalab goʻshtni omborda ertangi kun uchun tayyor ho-latga keltirardik. 12 yoshdan kabobpazlik etagidan tutdim. Hozir yoshim oltmishdan oshdi. Taqdirimdan xafa emasman, har qalay oʻzim sevib oʻrgangan kasbim-da. Shu ishning nonini yeb katta boʻldik, shu orqali ozmi-koʻpmi obroʻ topdik. Muhimi, qadrlaydigan neʼmatim, asraydigan xotiram bor, — deydi Xayrullo Muhammedov. — Choyxonadan, koʻ-rib turganingizdek, xoʻrandalar oyogʻi uzil maydi. Soʻrilar qoʻyilgan, bedanalar ovozi bilan haqiqiy oʻtgan asrlar nafasi sezilib turadi. Shuning uchunmi, bu kaboblarni se-vuvchilar faqat oʻzbekistonliklar emas, bizga xorijdan ham mehmonlar keladi. Kabobni sayyohlar koʻz oʻngida pishirib koʻrsatamiz. Orasida qiziqadiganlar boʻlsa, birgalashib tayyorlaymiz. Kabob bunday mazali chiqishi-ning siri nimada ekani haqida kelgan har bir odam soʻraydi. Yarim hazil, yarim chin qilib, siri — halollikda, deyman. Chindan, avvalo niyatga bogʻliq. Hammani hayratlanti-raman deb emas, odamlar oldida yuzimiz yorugʻ boʻlsin deb ish boshlaymiz. Yaxshi kabobning siri qassob ham, goʻsht ham boʻlishi mumkin. Yoki ob-havodanmi, ochigʻi, bilmadim. Bu ish asosan halollikni talab qiladi. Goʻsht halol boʻlsa, rizqimiz halol boʻladi, yurish-turi-shimizga baraka kiradi. Yurt rivoji uchun ham halol fuqaro kerak axir. Aytgancha, tu-manimizda misli koʻrilmagan ishlar boʻlyap-ti. Oʻqimadim, dedim, koʻp ilmiy narsalarga fahmim ojizlik qilsa-da, tadbirkorlikni har taraflama qoʻllayotgan davlatimizda fa-qat javlon urib mehnat qilish kerakligini juda yaxshi anglayman. Shu maqsadga, gʻoyaga nafimiz tegsa, biz baxtlimiz, niyatimiz ham shu.

Qalb amri ila

— Biz kabobpazlarmiz, shu mavzudan yuqo-rilay olmaymiz. Ammo tushuntirishni xohla-gan, biroq sira tuzib berolmaydigan jumla-larim bor. “Ota kasb” degan soʻzning zalvori boʻlak. Bu masʼuliyatni yelkaga oldingizmi, siz temir sixga chiroyli shaklda kesilgan goʻsht boʻlaklarini shunchaki terib, nari-beri yi-girma daqiqada yelpib-yelpib pishirmaysiz. Bu burch, otam aytganidek, birov boshimizda turib majburlamaydi, hammasini qalb amri bilan bajaramiz. Otamiz pishiradigan ka-bob turi 20 xildan ortiq. Bu yerda qoʻy goʻsh-ti, jigari, goʻshtning lahm joyi, qovurgʻa-sidan tayyorlanadigan kaboblar bor. Mijoz istagiga qarab pishirib beraveramiz. Kabob degan bilan oʻzi boʻlmaydi. Eng shirin goʻsht bu — juda katta ham, kichik ham boʻlmagan gʻu-najinniki. Molning biqin, qoʻltiq tomoni-dagi goʻshti yumshoq boʻladi. Maʼlumot uchun aytdim-qoʻydim-da, — deydi Xayrullo bobo-ning oʻgʻli, ishbilarmon sulolaning beshinchi avlodi Habibullo Yusupov. — Ustoz-shogird anʼanasi tiklandi. Yurtimizda bunga alohida eʼtibor qaratila boshlandi. Bu juda yaxshi oʻz-garish. Ayni paytda otamning ellikdan ortiq shogirdi bor. Ularning baʼzilari Toshkent, Zarafshon shaharlarida, shuningdek, Turkiya, Rossiya, Kavkaz tomonlarda kabobpazlik qil-yapti. Oʻz oshxonalarini ochgan. Yana shogird kelsa, bosh ustiga deb qabul qilamiz. Hech kim kasbini oʻzi bilan olib ketmaydi. Oʻrganib menga, otamga rahmat desa, duo qilsa, shuning oʻzi yetadi. Kasb tanlash borasida esa omadim chopgan deb oʻylayman. Farzandlarning keyin-chalik otasi kasbini egallamasligiga ota-ona taʼsirida shakllangan salbiy taassurot sa-bab boʻladi. Shuning uchun uyda — farzandlar davrasida oʻz xizmati, ishi yuzasidan salbiy gaplar aytmaslik va bolada mehnat toʻgʻrisi-da notoʻgʻri fikrlar uygʻotmaslikni tavsiya qilardim. Ishidan mamnun otamni yillab kuzatdim. Har bir harakatidan baxtli ekani sezilardi. U biror marta bekor shu kasbni

tanlabman, deb yozgʻirmagan, nolimagan. Hunar avlodlar osha meros boʻlib kelayotgani uchun uning ulugʻvorligiga shubha qilmagan. Kasbga hurmat bilan qaragan. Men ham shu hunar da-vomchisi ekanimdan faxrlanaman.

Habibullo aka bilan gaplashish mobay-nida oʻylab qoldim: demak, ota-onaning ij-timoiy-iqtisodiy ahvoli, kasbiy mavqei, ijtimoiy aloqalar tizimi shaxsning shakl-lanishida katta ahamiyat kasb etadi hamda “ota kasb” davomchisining kasbiy bilimdon-ligi darajasini belgilab beradi.

— Oiladagi farzandlar va nabiralar-ning ota kasbini egallab, tarix fani oʻqituvchisi boʻlishining sababi nimada, deb soʻ-rasangiz, ular amakisining Amir Temur yoki Mirzo Bobur haqidagi qiziqarli suhbatla-riyu qadimgi odamlarning gʻalati odatlariga oid rivoyatlar, choʻpchaklar ularda shu so-haga qiziqish uygʻotganini alohida eʼtirof etadi. Nabiralar oʻzidagi, deylik, fizika faniga ishtiyoqni oilaviy kutubxonaning aksariyat qismi fizikaga oid sirli kitob-lardan iboratligiyu har xil antiqa tajri-balar oʻtkazish uchun zarur uskunalar bilan jihozlangan xona mavjudligi bilan izoh-laydi. Ota-onaning farzandlari qalbida kasb egalariga hurmat hamda gʻururlanish hissini rivojlantirishi kasbiy sulola-ning vujudga kelishiga zamin yaratsa kerak deb oʻylayman, — deydi Habibullo Yusupov.

Darhaqiqat, oilaviy merosga ega kasbiy sulola vakili oʻziga ishongan holda hamkasb-lari bilan munosabatdan qanoat hosil qila-di va tanlagan faoliyatida oʻzini erkin his qiladi. Bu voris avlod ichki intilishining yaqqol namoyon boʻlish imkoniyatini oshiradi. Kasbiy sulola vakilining qulay psixologik atmosfera yarata olish qobiliyati va oilaviy “kasb zaxirasi”ga ega ekani unda kasbga oid moddiy va maʼnaviy resurslarning mavjud-ligidan dalolat beradi. Unda taʼlim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish motivatsiyasi qolgan odamlarga nisbatan yuqori boʻladi. Eng ajoyib tarafi, sulola-ning davomchisida meros taʼsirida shakl-langan insoniylik madaniyati, ota kasbini egallash, oilaviy ishni davom ettirishga doir kuchli eʼtiqod atrofdagilarda shijoat uygʻotadi.

Buxoroda, ayniqsa, Gʻijduvonda Xayrul-lo bobo kabi ota kasbini davom ettirgan-lar koʻp boʻlgani uchun ham bu erda boshqa tumanlardagiga qaraganda tadbirkorlar, ishbilarmonlar soni yuqori va ular muno-sib hayot sharoiti yaratishda davom etmoqda. Bugungi islohotlarning asosiy maqsadi ham shu.

Binobarin, bozor munosabatlarining ri-vojlanishi sharoitida amaldagi islohotlar-ning pirovard natijasi oilalar iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratilgan. Ushbu farovonlikka erishish koʻp hollarda oila-da tadbirkorlikni yuritish bilan bogʻliq. Qolaversa, jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri uning negizini tashkil etuvchi har bir oilaning toʻkin, farovon tur-mush kechirishidir.

Azizbek YUSUPOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri