Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jondor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.K. fuqaro M.S.dan 4 000 AQSH dollarini 52 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, Departamentning Xiva shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Q.J. fuqaro M.X.dan 3 300 AQSH dollarini 42,2 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.