Ilmiy maktablarni tanishtirish — asosiy maqsadimiz

    Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilganining 100-yilligi arafasida OTMda axborot xizmati boʻlimi tashkil etildi.

    Oʻtgan qisqa davrda ijodiy jamoamiz iqtidorli talabalar, tibbiyot ilmining bilimdoni boʻlgan magistrlar, sogʻliqni saqlash tizimida fidoyilik koʻrsatayotgan professor va olimlar, akademiklarni oʻz safida birlashtirdi. Fikrlar xilma-xilligi yangi tashabbus va gʻoyalarga turtki berdi. Ustoz-shogirdlik anʼanalari yanada mustahkamlana boshladi.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilganining 100-yilligi arafasida OTMda axborot xizmati boʻlimi tashkil etilgan edi. Akademiyaning oʻsha paytdagi rektori, professor A.Shodmonovning “Agar hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib, hamkorlikda ishlashga oʻrgansak, muammolarimizga ham oʻz vaqtida yechim topgan boʻlamiz. …

    Himoyadan chiqqan yangi ishlanma, chop etilgan yangi adabiyot, eʼtirofga loyiq topilgan talabalarning kumiriga aylanib borayotgan munosib ustozlar haqida matbuot orqali jamoatchilikni xabardor qilishga barchamiz masʼulmiz” degan qatʼiy talabi bilan, birinchi navbatda, shu tabarruk dargohda uzoq yillar mehnat qilgan, igna bilan quduq qazib, tibbiyot ilmining maktabini yaratgan ustoz pedagoglarni yosh avlod vakillariga yaqinroq tanishtirishni maqsad qildik.

    Akademiyaning axborot xizmati boʻlimi ilmiy jamoada ustoz-shogird anʼanalarini bugunning talabidan kelib chiqib takomillashtirish imkonini berdi. Koʻzlangan maqsadni roʻyobga chiqarish uchun “Doktor reportyor” media guruhi tashkil etildi. U OTM rektori va ilmiy kengash maslahati bilan mamlakatimiz OAV bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

    Oʻtgan qisqa davrda ijodiy jamoamiz iqtidorli talabalar, tibbiyot ilmining bilimdoni boʻlgan magistrlar, sogʻliqni saqlash tizimida fidoyilik koʻrsatayotgan professor va olimlar, akademiklarni oʻz safida birlashtirdi. Fikrlar xilma-xilligi yangi tashabbus va gʻoyalarga turtki berdi. Ustoz-shogirdlik anʼanalari yanada mustahkamlana boshladi.

    “Doktor reportyor” media guruhining yana bir maqsadi boʻlajak olim va professorlarning monografiya, ilmiy maqola va ocherk yozishdagi mahoratini oshirib borishga koʻmaklashishdir. Shuningdek, talabalarning asrimiz ziyolilari, aynan tibbiyot sohasi fidoyilari bilan erkin muloqotga kirishib, ular yaratgan ilmiy maktab sabogʻini chuqur oʻzlashtirish uchun qulay ijodiy muhit yaratishdan iborat.

    Tez orada Toshkent tibbiyot akademiyasining internet va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga “Doktor reportyor” studiyasi logotipi tushirilgan bilan rang-barang ocherk va maqolalar, ilmiy ahamiyatga ega ijodiy ishlanmalar bilan joylandi. Muhimi, shu paytgacha yaratilgan tibbiyot ilmini chuqur oʻrgatish orqali yosh mutaxassislar qalbida ustoz shifokorlarga ehtirom tuygʻusini uygʻotish bosqichiga yangicha qadam qoʻyildi.

    Akademiyaning ilmga tashna, iqtidorli talabalari, yangi Oʻzbekistonning yangicha fikrlaydigan boʻlajak shifokorlari “Doctor Reporter Debat” klubida birlashib, “Sogʻlom turmush tarzi”, “Yangi kashfiyotlar”, “Siz bu olimni taniysizmi?”, “Talabalar minbari”, “Ustozim — hayotim chirogʻi”, “Sogʻliqni saqlash fidoyilari”, “Tabiatning oʻzi shifo”, “Tib qonunlarini oʻrganamiz”, “Musiqiy terapiya nima?” singari mavzularni olib chiqishga dadil, innovatsion yondashuv bilan kirishdi.

    Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida salmogʻi va sifati jihatidan keng koʻlamli ishlar qilinyapti. Zamonaviy tibbiyot kadrlarini tayyorlashning yangi tizimi ishga tushmoqda. Axborot xizmati boʻlimi mana shu jarayonni yoritish va jamoatchilikka yetkazish yoʻlida tinimsiz izlanmoqda, mehnat qilmoqda.

    Gulchehra MIRZAYEVA,

    Toshkent tibbiyot akademiyasi

    axborot xizmati rahbari