The Wall Street Journal gap NBCUniversalning reklama boʻlimi rahbari Linde Yakkarino haqida borayotganini aniqladi.

Ayolning bu lavozimda ishlayotganiga 10 yildan oshdi. Gazetaning yozishicha, reklama xaridorlari uni “baxmal bolgʻa” deb atay boshlagan. Buning sababi, Yakkarino sotuvchilar va reklama agentliklari bilan qattiq muzokaralar olib borishga odatlangan.

Oʻtgan yilning kuzida Mask Twitterni 44 milliard dollarga sotib olish boʻyicha bitim tuzgan edi.

2022-yil oxirida u ijtimoiy tarmoqda kompaniya rahbari lavozimini tark etishi kerakmi yoki yoʻqmi, degan soʻrov oʻtkazdi. Natijada foydalanuvchilarning aksariyati “ha” deb ovoz bergandi, deb xabar beradi mir24.tv.