AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi (SEC) ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan hujjatlarga ko‘ra, tadbirkor o‘tgan hafta Twitterni sotib olgach, direktorlar kengashini ishdan bo‘shatib, kompaniyaning yagona rahbari bo‘ldi. “Bu vaqtinchalik”, deb yozgan Mask Twitterda, ammo bu holat qancha davom etishiga aniqlik kiritmagan.

27-oktyabr kuni Mask Twitterni sotib olish bo‘yicha bitimni yopdi. Ijtiomiy tarmoqning yangi egasi foydalanuvchilarni doimiy ravishda blokirovka qilish amaliyotini bekor qilishi kutilmoqda. Tadbirkor Twitter moderasiyasi masalasini o‘rganadigan maxsus kengash tuzayotganini ma’lum qildi.