Tadbirkor bu g‘oyani Twitterdagi audioxonada taklif qildi.

“Agar siz Twitterda kimgadir pul jo‘natmoqchi bo‘lsangiz-chi? Bu ajoyib g‘oyaga o‘xshaydi”, — dedi Mask suhbat davomida.

Uning ta’kidlashicha, pullik profil tekshiruviga ega foydalanuvchilar o‘z akkauntiga biriktirilgan virtual hamyonni olishlari mumkin.

Bank hisobini Twitter akkaunti bilan biriktirish foydalanuvchilarga pul almashtirish yoki yechib olish imkonini beradi.