“Bankrotlik istisno qilinmayapti”, — deya Maskning kompaniya xodimlariga qaratilgan soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda The Information nashri.
Nashrning yozishicha, agar ijtimoiy tarmoq oʻzi sarflaganidan koʻra koʻproq pul ishlay olmasa, Twitter bankrot boʻlishi mumkin.
Xabarlarga koʻra, Mask xodimlarni kompaniya kelgusi yilda “koʻp milliard dollarlik naqd pul chiqib ketishi”ga duch kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Eslatib oʻtamiz, amerikalik milliarder shu yilning oktyabr oyida Twitterni sotib olgan va unga rahbarlik qilayotgan edi. U ijtimoiy tarmoqni dunyodagi eng ishonchli axborot manbaiga aylantirmoqchi ekanligini maʼlum qilgan.