"Twitter"ning sobiq xodimi Axmad Abuammo foydalanuvchilarning ma'lumotlarini Saudiya Arabistoni hukumatiga sotishda ayblanib 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Abuammo 200.000 AQSH dollari va 42.000 AQSH dollarlik qimmatbaho "Hublot" soati evaziga Saudiya Arabistoni Qirollik oilasiga qaratilgan xabarlar egalari ma'lumotlarini taqdim etib borgan.