Muhokamada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Karlar jamiyati hamda Koʻzi ojizlar jamiyati shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi xalqaro tashkilotlarning sohaga taalluqli mutaxassislari ishtirok etdi.

Muhokama davomida qarorni takomillashtirish orqali koʻrishida va eshitishida nuqsoni boʻlgan fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish yuzasidan mutaxasislar bilan fikr almashildi. Loyiha yuzasidan bildirilgan takliflar ushbu qaror loyihasida inobatga olinishi kelishib olindi.