Imtihon kunlari telefonlarda antenna nega chiqmay qolishini bilasizmi?

    Ta'lim 29 Iyun 2023 2239

    Bu shunchaki tasodif emas, balki shaffoflikni taʼminlash uchun atay shunday qilinadi.

    Yaʼni kirish imtihonlarida mobil aloqa toʻlqinini pasaytirish qonunan belgilangan.

    Imtihon adolatli oʻtishi uchun:

    • Binolar videokuzatuv bilan taʼminlanishi, uni ota-onalar va jamaotchilik ham kuzata olishi kerak;
    • Abituriyentlar shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritiladi;
    • Binolardagi va xizmat postlaridagi video yozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratiladi;
    • Imtihon oʻtadigan bino shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa toʻlqinini toʻsuvchi qurilmalar bilan taʼminlanadi;

    Guruh nazoratchilari va abituriyentlar test sinovlari oʻtkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritiladi.

    Imtihon hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash esa IIV va Qabul komissiyasiga topshiriladi.

    Eslatib oʻtamiz, bu yilgi imtihon 92 ta yopiq binoda boʻlib oʻtadi.