Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 2025/2026 oʻquv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik boʻyicha qabul parametrlari tasdiqlandi.
Shundan:
- — davlat granti asosida — 205 729 ta;
- — toʻlov-kontrakt asosida — 105 280 ta.
Shu bilan birga, xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar oʻquvchini davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish belgilandi.
Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (toʻliq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.








