Indoneziya markazidagi Ibu vulqonining harakatga kelishi oqibatida osmonni kul buluti qopladi

    Indoneziya markazidagi Shimoliy Maluku viloyatida Ibu vulqoni harakatga keldi. Bu haqda The Jakarta Post gazetasi xabar berdi.

    Unga ko'ra, vulqonning otilishi tufayli 2,5 kilometr balandlikkacha osmonni kul buluti qoplagan. Mahalliy hokimiyat aholini piroklastik oqimlar yuzaga kelishi ehtimoli tufayli hushyor bo'lishga chaqirdi. Shuningdek, ular Ibu krateriga 2 kilometr masofgacha yaqinlashishni taqiqlashdi.

    18 ming oroldan iborat dunyodagi eng yirik Indoneziya arxipelagi Tinch okeanining olov halqasi deb ataladigan hududida joylashgan, shuning uchun mintaqa kuchli seysmik faollikka duchor bo'ladi. Umuman olganda, Indoneziyada 500 dan ortiq vulqon mavjud bo'lib, ulardan 130 ga yaqini faol, deb xabar beradi tass.ru.