Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi va bu qilmish ogʻirlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi bilan shugʻullanganlik, shuningdek ularni Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.
Mazkur jinoyatlar bilan bogʻliq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.