29-aprel erta tongda Toshkent shahrining xalqaro aeroportiga bortida Xitoy hukumati yuborgan insonparvarlik yuklari bo‘lgan samolyot kelib qo‘ndi.

Yuklarning qolgan qismi (100 mingta test-tizim, 50 mingta tibbiyot himoya kiyimlari, 150 mingta KN95 tibbiyot niqoblari, 1 millionta tibbiyot jarrohlik niqoblari, 150 mingta tibbiyot qo‘lqoplari va 1 000 dona masofaviy termometr) ham tez orada tayyorlanadi va O‘zbekistonga yetkaziladi, deb xabar beradi Xitoy elchixonasi matbuot xizmati.