Investitsiya vazirining ikki o'rinbosari ishdan olindi

    Dolzarb 28 Sentabr 2023 3332

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining quyidagi o'rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

    Prezidentning tegishli farmoni bilan 2021 yilning yanvaridan ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Rustamov Olimxon Bakievich ishdan olingan.

    Shuningdek, 2023 yil fevralida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlangan Xamidov Sarvar Ibraximovich ham lavozimidan ozod qilingan.