Tahlilchilarning fikricha, gap “Apple”ning innovatsion yondashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ko‘proq vaqtni talab etadi:
• Qurilmaning o‘zida maʼlumotlar almashinuvi: ChatGPT va uning analoglari so‘rovlarni masofaviy serverlarda qayta ishlaydi, Apple esa barcha sozlamalarni qurilmaning o‘zida bajarishga intilmoqda. Bu nafaqat javob berish vaqtini tezlashtiradi, balki xavfsizlikni ham oshiradi.
• Video va audioni qayta ishlash: Apple sunʼiy intellekti nafaqat matn, balki audio va video bilan ham ishlay oladigan bo‘ladi.
Apple sunʼiy intellektga ega mutlaqo yangi “Siri”ning birinchi namoyishini iyun oyidagi WWDC konferensiyasida o‘tkazishi mumkin.