Ish vaqtida vafot etgan xodimning oilasiga salkam yarim milliard soʻm toʻlanishi belgilandi

    Andijonda ish vaqtida vafot etgan xodimning oila aʼzolariga korxona tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar toʻlovlari toʻlanadigan boʻldi.

    Qayd etilishicha, Andijonlik Sh.Nurillayevaning turmush oʻrtogʻi N.Nurillayev mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda tan jarohati olib vafot etgan. Sh.Nurillayeva boquvchisini yoʻqotganligi uchun korxona tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar toʻlovlarini undirishda amaliy yordam soʻrab Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qilgan.

    Viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqaroning murojaati belgilangan tartibda oʻrganib chiqilib sudga daʼvo arizasi kiritildi.

    Ariza qanoatlantirilib sudning hal qiluv qaroriga asosan Sh.Nurillayeva foydasiga 485 million 760 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini undirish belgilandi.