Hozirgi kunda yoshlar duch kelayotgan muhim muammolardan biri ham mehnat bozoridagi oʻzgarishlar, ularning yangi sharoitlarga moslashib, koʻnikmalarga ega boʻlishidir.
“Ishga marhamat” monomarkazida xorijlik mutaxassis Bexchet Kemal Sarach tomonidan “Vero group” brendi ostida santexnika jihozlarini ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislari va monomarkaz oʻquvchilari uchun “Koʻp qavatli binolar isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va nosozliklarni bartaraf etish, ikki konturli gaz qozonlarini sozlash hamda ishchi holatiga keltirish” mavzusida mashgʻulot tashkil etildi.
Hozirda santexnika sohasiga qiziquvchi aholi uchun amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.