Maqsad – eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish vazifasi doirasida korxonalar faoliyati bilan tanishish, muammolarini oʻrganish va ularni hal etish yoʻllarini topishdir.
Tashrif buyurilgan korxonalardan biri — Namangan viloyatidagi ART SOFT TEX korxonasi. 2023-yilda ishga tushirilgan ushbu korxona tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati — 3,4 million dona tayyor mahsulot. Bu yerda 1 000 kishi ish bilan taʼminlangan, ularning aksar qismi yaqin atroflarda yashovchi ayollar. Ochiq muloqotda tadbirkor oʻz muammolari va hududdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha takliflari bilan oʻrtoqlashdi. Har bir koʻtarilgan masala yuzasidan aniq yechim ishlab chiqilib, aniq muddatlar va masʼul ijrochilar belgilab olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.