Ishtixon tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor Ishtixon tuman Fermerlar kengashidan undiruvchi “Oʻzbekiston pochtasi” aksionerlik jamiyati foydasiga 71 million 147 ming soʻm qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Ishtixon tuman boʻlimi ijro ish yurituviga kelib tushgan.
Shu kunning oʻzida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor Ishtixon tuman Fermerlar kengashining bank hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solingan.
Qarzdor Ishtixon tuman Fermerlar kengashiga tegishli boʻlgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga soʻrov xatlari yuborilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Ishtixon tuman Fermerlar kengashidan undiruvchi “Oʻzbekiston pochtasi” AJ foydasiga 71 million 147 ming soʻm qarzdorlik undirib berildi.
Majburiy ijro byurosi Ishtixon tuman boʻlimi