Tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni oʻzaro muzokaralar orqali tinchlik yoʻlida harakat qilishga chaqirib kelgan.
Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston fuqarolaridan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishni, ushbu mamlakatlarda boʻlgan fuqarolarimizdan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketishlarini soʻraymiz, — deyiladi TIV xabarida.
Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida zarur choralar koʻrilmoqda, fuqarolarimizdan hushyorlikni saqlashni va rasmiy eʼlonlarni kuzatib borishni iltimos qilamiz, — deya qoʻshimcha qilinadi TIV xabarida.