Istanbulda Turkiy kengash media-forumiga start berildi

    Bugun 22 oktabr kuni «Olis oʼtmish, kuchli kelajak» nomli media-forum oʼz ishini boshladi.

    Turkiyaning Istanbul shahrida 22–24 oktabr kunlari Turkiy kengash media-forumi boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan edi.

    Bugun 22 oktabr kuni «Olis oʼtmish, kuchli kelajak» nomli media-forum oʼz ishini boshladi.

    Unda Oʼzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Turkmaniston, Vengriya va rasman tan olinmagan Shimoliy Kipr Respublikasidan umumiy 500 ga yaqin media sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

    Tadbir ochilishida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʼgʼon videoaloqa koʼrinishida soʼzga chiqib, ishtirokchilarni tabrikladi.

    Forum davom etmoqda.