Samarqand viloyati Toyloq tumanida “O.E” MCHJ tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining hisob-kitob ishlari sun'iy ravishda kamaytirilgani va hisobotlar elektr ta'minoti korxonasiga berilgani aniqlandi.
Qoidabuzarlik energetika vazirligi huzuridagi “O'zenergoinspeksiya” Samarqand hududiy bo'limi tomonidan Toyloq tuman elektr ta'minoti korxonasida iste'molchilarning elektr energiyasidan foydalanishdagi qoidalarga rioya etilishi yuzasidan o'tkazilgan tekshiruvda qayd etildi.
Noqonuniy harakat natijasida elektr ta'minoti korxonasi manfaatlariga jami 1,8 milliard so'm zarar yetkazilgan. Qoidabuzar iste'molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko'rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.