Mazkur holatga Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, Termiz shahri, “Tuproqqoʻrgʻon” MFY, Hakim At-Termiziy koʻchasi yoqasida joylashgan “TERMIZ AVENUE PARK” MCHJga qarashli “BOLAJON”nomli madaniyat va istirohat bogʻida oʻrnatilgan “Quvnoq tepalik” attraksionida 4 kishilik oʻrindigʻi sinib joyidan yerga qoʻlab tushgan. Buning oqibatida 4 nafar fuqaro turli xil tan-jarohat oldi.
Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 18-aprelda roʻyxatga olingan amaldagi “Attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish qoidalari”ga asosan;
- ushbu bogʻdagi mazkur attraksion mavsum oldidan toʻliq texnik shahodat sinovlaridan oʻtkazilmagan (qoidaning 4-bob, 28-bandi).
- attraksionni tayyorlash va uni texnik tekshiruvdan oʻtkazish uchun taqdim etish attraksionlarning soz holati va ulardan xavfsiz foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tayinlanmagan (qoidaning 4-bob, 31-bandi).
- attraksionni mavsumga tayyorligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilmagan (qoidaning 4-bob, 34-bandi).
Shunindek, Oʻzbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Yagona nizomning 32-ilovasi, 8-bandi b-kichik bandi madaniyat va istirohat bogʻlarida, shuningdek, boshqa koʻngilochar maskanlarda oʻrnatiladigan va foydalaniladigan attraksionlardan foydalanish boʻyicha — mavsum oldidan attraksiondan foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan attraksiondan foydalinilgan.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun Istirohat bogʻlari attraksionlarni nazorat qilish boʻlimi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.