Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda botanika bogʻlari barpo etiladi

    Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bogʻlari barpo etiladi.

    Qayd etilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonda keltirilishicha, 2025/26-oʻquv yilidan boshlab Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) va unga biriktiriladigan “yashil” texnikumlarda oʻquv jarayoni dual taʼlim tizimi asosida yoʻlga qoʻyiladi.

    Ilmiy-amaliy mashgʻulotlarni tashkil qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bogʻlari barpo etiladi.

    Shuningdek, urugʻchilik, koʻchatchilik, iqlim oʻzgarishi sohalarida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilib boriladi.