IT Park rezident – “Revotech” va AQSHning Effika Corp kompaniyasi o‘rtasida 20 million dollarlik memorandum imzolandi

    24-oktyabr kuni “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatovning AQSHning Effika Corp kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda BPO sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, IT Park rezidenti – “Revotech” va AQSHning Effika Corp kompaniyasi o‘rtasida 2023-yil uchun sug‘urta sohasida 20 million AQSH dollari miqdorida autsorsing xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha memorandum imzolandi.

    E’tiborli jihati, ushbu sug‘urta faoliyati O‘zbekistonda BPO sohasi uchun yangi yo‘nalish hisoblanadi.