Italiya Bosh vaziri Djuzeppe Kontening taʼkidlashicha, bu harakat yangi kasallanish holatlarining oldini olishga qaratilgan. Merlar bugun soat 21:00 dan keyin jamoat joylarini yopish huquqiga ega boʻlib, restoranlarning ish vaqti va ruxsat berilgan guruhlar sonini kamaytiradi.

Qaror Italiyada ketma-ket ikki kun davomida kunlik yuqtirish holati eng yuqori darajada qayd etilganidan keyin qabul qilindi. Yakshanba kuni mamlakatda yana 11 ming 705 kishi koronavirus bilan kasallangan. Bu koʻrsatkich shanba kuni oʻrnatilgan rekorddan (10 ming 925 kishi) oshib ketdi. BBC maʼlumotlariga koʻra, hozirgi kunda mamlakatda koronavirus bilan kasallangan 414 ming holat tasdiqlangan, 36 ming 500 kishi vafot etgan.

Italiya koronavirus qurbonlari soni boʻyicha Yevropada Buyuk Britaniyadan keyin ikkinchi oʻrinda turibdi.