Italiyaning Sarsina shahrida I asrga oid Rim ibodatxonasi xarobalari topildi

    Arxeologlar uzoq asrlik tarixga ega bo'lgan Sarsina shahrida yangi kashfiyot qilishdi.

    Antik davrda mazkur hududda umbrlar yashagan. Bu xalq miloddan avvalgi III asrda rimliklar tomonidan bosib olingan va uning hududi Rim hukmronligi ostiga o'tgan.

    Keyinchalik Sarsina yirik qishloq xo'jaligi markaziga aylandi. U, shuningdek, Rim dramaturgi Plavtning tug'ilgan joyi sifatida ham tanilgan, uning komediyalari to'liqligicha bizgacha yetib kelgan.

    Bugungi kunda shaharda Rim davri binolarining qoldiqlari saqlanib qolgan: jamoat hammomlari, ibodatxonalar, mudofaa inshootlari. Yaqinda olib borilgan qazishmalar natijasida yana bir, ya'ni to'rtburchakli katta ibodatxona xarobalari topildi. U miloddan avvalgi I asrga tegishli ekani taxmin qilindi, deb xabar beradi mir24.tv.

    “Ushbu topilma muhim arxeologik xazina bo'lib, u mazkur geografik hududning tarixi va evolyutsiyasi haqida qimmatli ma'lumot bera oladi”, dedi Italiya madaniyat vaziri Jennaro Sandjuliano.