Bugungi globallashuv jarayonida dunyoda sodir bo'layotgan axborot xurujlar, turli qaltis vaziyatlarda voqealarga axborot jihatdan xolis baho berish hamda mamlakatning axborot sohasidagi xavfsizligini keng ta'minlash uchun O'zbekistonning jahon axborot makonida o'z milliy kontentini yaratish zarurligi taqozo etmoqda.

Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov ushbu masala yuzasidan nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Suhbat davomida milliy kontent yaratish bo'yicha muammolar va ularga echim topish yo'llari muhokama qilindi.