“Xitoy 2020-yilda COVID-19ga qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqarilgan tibbiyot vositalari eksporti boʻyicha yetakchi boʻldi. Mamlakat qiymati 105 milliard dollar tibbiy vositalari eksport qildi. Bu mazkur mamlakatning 2019-yildagi koʻrsatkichidan 2,8-martaga koʻp deganidir”, deyiladi hujjatda.
Tashkilotning maʼlumotlariga qaraganda, pandemiyaga qarshi kurashishda qoʻllaniladigan vositalar — tibbiy niqob, oʻpkani sunʼiy shamollatish vositasi, sterilizatorlar, ultratovushli skanerlarning savdosi oʻtgan yili 31 foizga oshgan.
2020-yilda tibbiyot vositalarining savdosi dunyo boʻyicha 2,343 trillion dollarni tashkil etdi. Bu 2019-yilga qaraganda 16 foizga koʻp.