Janjal koʻtargan qurilish firmasi vakillari 10 sutkaga qamaldi

    Ijtimoiy hayot 22 May 2023 1265

    Joriy yilning 17-may kuni taxminan soat 10.00 larda Yunusobod tumani 8-mavzeda qurilish firmasi vakillari va shu hududda yashovchi aholi oʻrtasida mojaro yuzaga kelgan.

    Ushbu hududda qurilish boʻlishiga norozilik bildirgan fuqarolarga qarshi 1991-yilda tugʻilgan F.J., 1992-yilda tugʻilgan S.X., 1993-yilda tugʻilgan X.N.lar baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini buzishgan.

    Mazkur holat yuzasidan F.J., S.X., X.N.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgrisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudi tomonidan ularga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.