Live Science nashriga ko‘ra, parranda grippi tarqalishi Argentina hukumati hayvonlar salomatligi xizmati (SENASA) tomonidan tasdiqlangan. Tabiatni muhofaza qiluvchilar va olimlar virus mutatsiyaga uchragan endi sutemizuvchilardan sutemizuvchilarga yuqishi mumkin degan fikrni olg‘a surmoqdalar.
Ekspertlar taʼkidlashicha, o‘tgan yilning noyabr oyida dengiz fillaring endi dunyoga kelgan bolalari ko‘p miqdori halok bo‘lgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, ularning bolalari sentyabrdan noyabrgacha tug‘iladi va keyingi uch hafta davomida onalarida qoladi.
Olimlar taxminan 500 kilometrlik qirg‘oq chizig‘ini o‘z ichiga olgan Valdez yarim orolining uchta zonasidan maʼlumotlarni yig‘ib, o‘rganib chiqishdi. Hududlarda ushbu turdagi dengiz fillari bolalarning 96 foizi nobud bo‘lganligini aniqladilar. Olimlarning fikriga ko‘ra, 2022 yilda 18 mingga yaqin yangi dengiz fili dunyoga kelgan, bu deyarli butun ushbu fauna vakillarining qirilib ketganligidan darak bermoqda.
Olimlar hozirda ushbu virus dengiz mushuklaridan yuqqan deb taxmin qilib ilmiy izlanishlarni davom ettirmoqda.