Peer J jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, olimlar kitlar bilan aloqa o‘rnatish usulini aniqladilar. Optimal signalni topish uchun ular kitlarining tovushlarini yozib olishdi. Kitlarning reaksiyalarini tekshirish uchun yozib olingan tovushlarni suvda ovoz uskunalaridan foydalanib takrorlashdi.
Tez orada (38 yosh)li Tven ismli kit javob signalini berdi. Kema tomon suzib, u “gaplasha” boshladi. Tadqiqotchilar tovushni turli intervallarda uzatishdi va kit esa bir xil ritmda javob qaytardi. Olimlarning fikricha, Tven tovushli xabarga javob qaytarib o‘ziga xos dialog o‘tkazgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, fauna olamida kitlar muloqot uchun mos nomzodlardir, chunki ular yuqori intellektual va aloqa qobiliyatiga ega.
Biroq, oldinda bundanda mashaqqatli ishlarni bajarish kerak bo‘ladi. Tadqiqotchilar turli xil tovushlarni tayyorlash, yuqori sifatli uskunalardan foydalanish, qo‘shimcha maʼlumotlarni olish uchun turli xil chuqurlikdagi bir nechta gidrofonlardan foydalanishda ish olib bormoqda.