Journal of Geological Society jurnalida chop etilgan maqolada aytilishicha, Angliyaning janubi-g‘arbiy qismida tasodifan topilgan toshga aylangan o‘rmon bugungi kunda eng qadimgi o‘rmon hisoblanmoqda – uning yoshi 390 million yil.
Tadqiqotchilar yangi topilmani Gilboa o‘rmoni bilan solishtirib ikki ekotizim o'rtasidagi farqlarni hamda o‘rmon million yil davomida qanday davrlarni ko‘zdan kechirganini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.
Olimlar so‘zlashicha topilmaning ahamiyati shundaki, Gilboadagi xilma-xil o'simliklarga qaraganda ushbu o‘rmonda faqatgina bitta o'simlik turi o‘sgan.
Ushbu o‘simlik esa hozirgi kunda yo'qolib ketgan Kladoksileyevie paparotnikning yaqin qarindoshi hisoblanadi. Olimlar avval o‘simlikni palmaga o‘xshatishgan ammo ular ortasida hech qanday bog‘liqlikni aniqlashmagan. O'simliklarning balandligi esa 2 metrdan 4 metrgacha bo'lganligi taxmin qilinmoqda.