Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi reys 2023-yilning 15-fevraliga mo‘ljallangan.
Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Jazeera Airways Oʻzbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Al-Quvaytdan Toshkentga muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari, Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Jazeera Airways Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.