Jeyms Uebb so'roq belgisiga o'xshash koinot obyektini aniqladi

    Jeyms Uebb kosmik teleskopi so'roq belgisiga o'xshash koinot obyektini topdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

    Xususan, fotosuratda Herbig-Haro 46/47 deb nomlangan bir juft yosh yulduzlar tasvirlangan. Somon yo'li galaktikasidagi Yerdan 1470 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan bu yulduzlar hali ham faol shakllanib, bir-birini yaqin masofada aylanib chiqadi.

    Tadqiqotchi Kristofer Brittning fikricha, bu sirli obyekt Yerdan milliardlab yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan ikki galaktikaning birlashishidan yuzaga kelgan bo'lishi mumkin.

    Uning so'zlariga ko'ra, aksariyat galaktikalar o'z mavjudligi davomida bir necha marta shu tarzda o'zaro ta'sirga kirishadi, lekin bu jarayon uzoq davom etmaydi.

    Shuningdek, u kelajakda bizning Somon yo'li galaktikamiz ham Andromeda galaktikasi bilan birlashishi mumkinligini qo'shimcha qildi. Olimlarning fikriga ko'ra, bu taxminan to'rt milliard yildan keyin sodir bo'ladi, ammo u qanday shakl hosil qilishi noma'lum, deb xabar beradi mir24.tv.