Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi Xorijiy tillarni chuqur oʻrganish va kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston hukumatining xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish niyatida boʻlgan mamlakatimiz fuqarolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturni amalga oshirishga qoʻshildi.
Maʼlumki, tibbiyot, axborot texnologiyalari, sanoat ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislarga dunyoning koʻplab rivojlangan davlatlarida talab yuqori. Ishga joylashishning muhim shartlaridan biri, kasbiy fazilatlardan tashqari, qabul qiluvchi davlat tilini bilishdir.
JIDU huzuridagi Xorijiy tillarni chuqur oʻrganish va kasb-hunar taʼlimi markazi ushbu muammoni qisqa muddatda va yuqori saviyada hal etishda yordam beradi. Turli darajadagi taʼlim uchun ingliz, arab, ispan, italyan, xitoy, koreys, nemis, yapon va boshqa tillarni oʻrganishga koʻmaklashadi. Darslar koʻp yillik tajribaga ega yuqori malakali universitet oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi.
Markaz guruh, individual, onlayn va korporativ kurslarni tashkil qiladi va oʻquvchilarning oʻziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi.