Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “Y.” MCHJ rahbari I.A. hududiy tijorat banki filialidan mehmonxona binosini jihozlash uchun ajratilgan 1,5 mlrd soʻm kredit mablagʻini boshqa maqsadalarda sarflab yuborganligi aniqlangan.
Shu kabi, fuqaro I.E. oʻgʻli Sh.ning nomiga “Z.M.” MCHJni tashkil etib, savdo va maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish majmuasini jihozlash uchun bank filialidan 1,4 mlrd soʻm kredit olishga erishib, ushbu kreditni oʻzlashtirish maqsadida goʻyoki tovarlar yetkazib berilganligi haqida yuk xatlarini rasmiylashtirish orqali kredit mablagʻini boshqa MCHJlarga oʻtkazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.