Jizzax viloyatidagi tuman hokimliklaridan birining yuriskonsulti xizmat mavqeyidan foydalangan holda, oʻz vakolatiga kirmasligini bila turib, chorvachilik va baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning boshqaruvi boʻyicha yuzaga kelgan muammoni tanishlari orqali mazkur xoʻjalikning qonuniy rahbari foydasiga hal qilib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.
Taʼkidlash lozimki, u muqaddam Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan sudlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsada, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.