Jizzaxda arxitektor oʻz joniga qasd qildi

    Marhumning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi tayinlangan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Baxmal tumani hududida yashovchi fuqaro, tajribali arxitektor oʻz joniga qasd qilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi.

    Xabarlar yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

    Unda keltirilishicha, Baxmal tuman qurilish boʻlimi boshligʻi, bosh arxitektor Sh.B.ning oʻz joniga qasd qilganligi holati yuzasidan 2023-yil 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan qoʻzgʻatilgan.

    Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Marhumning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi tayinlangan va tegishli idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.